Eng dolzarb

Toshkent maktablaridan birida o‘quvchi bolaning jasadi topildi

Aytilishicha, marhum maktabga futbol o‘ynash uchun borgan.

Toshkent maktablaridan birida o‘quvchi bolaning jasadi topildi

 

Maʼlum bo‘lishicha, hodisa 10 fevral kuni soat kechki soat 20:00 lar atrofida poytaxtning Yunusobod tumanidagi maktablardan birida sodir bo‘lgan. 

 

Bosh prokuratura bergan maʼlumotga ko‘ra, maktabning 3-cinf o‘quvchisi, 10 yoshli bola futbol o‘ynash uchun maktabning sport maydoniga kelgan. Shu vaqtda u maydonda bo‘lgan yigitlarga hojatxonaga ketayotganligini aytgan. Ammo, oradan vaqt o‘tib, u qaytib kelmagach, maydondagi yigitlar uni qidirishgan hamda o‘quvchini maydon oldidagi devor tagidan hushsiz holatda topishgan.

 

Shundan so‘ng, maktab direktori o‘rinbosari kelib, o‘quvchini darhol yo‘lovchi mashinada shifoxonaga olib borgan. Shifoxonada bolaga klinik o‘lim tashxisi qo‘yilgan.

 

Hozirda marhum bolaning o‘limi sababini aniqlash yuzasidan sugp oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

"Vafot etgan bola dars jarayoni vaqtida bo‘lmagan. Holat shanba kuni bo‘lgan, bu kuni boshlang‘ichlarga dars bo‘lmaydi. O‘g‘lim bilan parallel sinfda o‘qiydi. Har kuni birga kelib futbol o‘ynashadi. Mahallamizda bolalar maydonchasi yo‘q. Kameralar faqat maktabga kirish joyida bor", — deydi maktab atrofida yashovchi onalardan biri.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Toshkent maktablaridan birida o‘quvchi bolaning jasadi topildi | Zamon.uz