Xitoylik futbolchi poraxo‘rlik uchun umrbod qamaldi
U terma jamoaga bosh murabbiy bo‘lish uchun pul taklif qilgan.

Xitoy sudi “Everton” va “Sheffild Yunayted” klublarining sobiq yarim himoyachisi Li Tini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Futbolchi pora olayotgan vaqtda ushlangan.
Sportchi 2022 yilning noyabrida Xitoy futbolidagi korrupsiya bo‘yicha tergov davomida hibsga olingan edi. Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, u Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallash uchun 630 ming yevro to‘lagan. Li Ti bu lavozimda 2019 yildan 2021 yilgacha ishlagan.
Bundan tashqari, futbolchi XXR quyi ligalarida kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilishda ayblangan. Sud jarayonida Li Ti o‘z aybiga iqror bo‘ldi.







