Sport

Salohning “Chelsi”dan ketish tarixi

U hozirgi kunda “Liverpul”da o‘nlab shaxsiy rekordlarni o‘rnatishga erishdi.

Salohning “Chelsi”dan ketish tarixi

 

Bugun Muhammad Saloh Londonning “Chelsi” klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan Liga kubogida maydonga tushdi. Biz bugun hujumchi londonliklar safini qanday tark etganini eslashga harakat qilamiz.

 

Ayni vaqtda misrlik futbolchi «Liverpul»ning eng asosiy futbolchisi hisoblanadi. Darvoqe, avvaliga u sobiq jamoasi darvozasiga urilgan gollarni nishonlashdan o‘zini tiygan.

 

«Bazel» 10 yil oldin yaxshi kelishuvga erishdi. Jamoa Afrikada umuman hech kim tanimaydigan futbolchi topadi. Klub Salohni 2,5 million yevroga sotib oladi, keyin esa (2014 yilning yanvarida) uni Angliya jamoasiga 16,5 million yevroga sotadi. Bundan tashqari, dastlab hujumchini o‘sha paytda Brendan Rojers boshqarayotgan «Liverpul»ga o‘tkazish bo‘yicha kelishuv mavjud edi. Biroq, “Chelsi” yana-da qulayroq shartlarni taklif qilib, futbolchini sotib oladi.

 

Saloh Kevin De Bryuyne ketganidan keyin bo‘shab qolgan 15-raqamga ega bo‘lgani ramziy maʼnoga ega. “Chelsi” nuqtai nazaridan, misrlik va belgiyalikning hikoyalari o‘xshash edi. London klubi hali ham qadriga yetilmagan elita futbolchilarni eslatib turadi.

 

“Chelsi”ga o‘tgandan so‘ng (2014 yil fevral va mart oylarida) Saloh Premyer-ligada, eng yaxshi holatda, ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushadi. Aprel va may oylarida hujumchi Angliya chempionatining barcha uchrashuvlarida maydonga tushdi. Umuman olganda, mavsumning ikkinchi qismida u Premyer-ligada 501 daqiqani maydonda o‘tkazdi. Bu vaqt ichida esa ikkita gol urdi va bir golli uzatmani amalga oshirdi. Kamtarona ko‘rsatkich. 

 

2014 yilning yozida Saloh Misrda harbiy xizmatni o‘tashi kerakligi haqida maʼlumot paydo bo‘ldi. Futbolchi armiyaga borishi shart emasdi, ammo bunday xabarlar fonida “Chelsi” hujumni sezilarli darajada kuchaytirdi (Dide Drogba, Loik Remi, Diyego Kosta, Sesk Fabregas). Natijada Muhammad Saloh 2014/2015 yilgi mavsumning birinchi qismida Premyer-ligada bor-yo‘g‘i 30 daqiqa o‘tkazdi (gol va golli uzatmasiz).

 

Hammasi hujumchi klubni tark etishi tomon ketayotgandi. APLdan takliflar bo‘ldi, ammo Saloh «Fiorentina»ga ijaraga berildi. 2015 yilning yanvaridagi bu transfer Xuan Kuadradoni “Chelsi”ga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvning bir qismi edi. 2014/2015 yilgi mavsumda London klubi ishonchli tarzda Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi va transferlar o‘z samarasini bergandek bo‘ldi. Faqat yillar o‘tib, kim haqiqatdan ham foydaliroq ekani maʼlum bo‘ldi. Va muxlislar birinchi navbatda o‘sha paytda “Chelsi” bosh murabbiyini ayblashdi. Joze Mourinyo futbolchidan juda kam foydalangandi. 

 

Joze Mourinyo:

 

“Ular Salohning ketishiga ruxsat berganimni aytishganda, men buni aksincha bo‘lganini tushuntirdim. U «Liverpul»ga bordi, men esa uni “Chelsi”ga olib kelish uchun ko‘p harakat qildim. Ha, u har daqiqada o‘ynashni xohlagan, shuning uchun u ijaraga berishlarini so‘radi. Shundan keyingina “Chelsi” uni sotib yubordi. Bunda men emas, “Chelsining qarori muhim bo‘ldi. O‘z navbatida, men faqat ijaraga rozi edim”.

 

2016 yilda “Chelsi” Salohni «Roma»ga 15 million yevroga sotgandi.

 

Saloh «Liverpul»da klubning so‘nggi olti yildagi asosiy yulduziga aylandi. Jamoa bilan u barcha turnirlarda g‘olib chiqdi: Premyer-liga, Angliya kubogi, Angliya Superkubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, Liga kubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. Shuningdek, u bir qator shaxsiy rekordlarni o‘rnatdi:

 

Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi afrikalik to‘purar (154 gol);

 

Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi afrikalik to‘purar (44);

 

Premyer-ligada chap oyog‘i bilan eng ko‘p gol urgan futbolchi (123);

 

Liverpul tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar beshligiga kirdi (205).

 

Shu tariqa oddiy futbolchi hozirgi vaqtda jahon futbolining asosiy yulduzlaridan biriga aylandi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Salohning “Chelsi”dan ketish tarixi | Zamon.uz