Eng dolzarb

Narkotikka qarshi kurashda jamoatchilik qay darajada masʼul?

So‘nggi 5 yilda respublika hududida giyohvandlik, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi vositalar noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikka tortilgan shaxslar orasida yoshlar 74 foizga oshgan.

Narkotikka qarshi kurashda jamoatchilik qay darajada masʼul?

 

Ko‘plab tadqiqotlar bilan tasdiqlanishicha, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, ushbu xatti-harakatlarning ayniqsa yoshlar tomonidan sodir etilishiga ko‘proq quyidagi omillar sabab bo‘ladi:

 

  • oiladagi nosog‘lom muxit;

  • atrofdagi shaxslarning beparvoligi;

  • yoshlar orasida giyohvandlik moddalarini isteʼmol qiluvchilarining ortib borishi;

  • dorixonalarga retseptsiz sintetik giyohvand preparatlarning yangi turlari kirib kelishi;

  • giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishini nazorat qilish tizimidagi (huquqiy va tashkiliy) ayrim kamchiliklar;

  • voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi va qarovsizligi;

  • Internet tarmog‘i va xorijiy filmlarning salbiy taʼsiri.

 

IIV maʼlumotlariga ko‘ra: So‘nggi 5 yilda respublika hududida giyohvandlik, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi vositalar noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikka tortilgan shaxslar orasida yoshlar 74 foizga (shu jumladan, talabalar 21 foizga, maktab o‘quvchilari 6 barobarga) oshgan. 5 728 nafar yoshlar (jumladan, 117 nafar talaba va 45 nafar maktab o‘quvchisi) javobgarlikka tortilgan.

 

Narkologik hisobga olingan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan giyohvandlik vositalari isteʼmolchilari 60 foizga ko‘payib, 986 nafarga yetgan.

 

Ko‘rinib turibdiki, vaziyat o‘ta jiddiy. Statistikada oddiy bo‘lib ko‘ringan raqamlarning har biri kimningdir dilbandi, kelajagi barbod bo‘layotgan bir yosh yurtdoshimizning taqdiri. Aynan shu sababli ham, bu illatga qarshi keng ko‘lamda kurash olib borish shartdir va bunda jamoatchilik asosiy o‘rin tutishi zarur.

 

Qayd etish o‘rinli, hozirda bu borada targ‘ibot tadbirlari kuchaytirildi. Yoshlar ongiga yetib boradigan axborot vositalari va texnologiyalaridan faol foydalanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi, Milliy gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Milliy teleradiokompaniya tomonidan hamkorlikda qabul qilingan reja asosida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Har yili fevral oyida ichki ishlar organlari tomonidan “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” oyligi o‘tkazib kelinmoqda. Birgina 2023 yilning o‘zida Yoshlar hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazlari, oliy taʼlim muassasalari, o‘rta maxsus bilim yurtlari, litseylar, umumtaʼlim maktablari, mahallalarda, shuningdek, ishchi-xizmatchilarning asosiy qismini yoshlar tashkil etuvchi korxonalarda “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida uchrashuv, davra suhbati kabi 10 mingdan ziyod targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.