Toshkent yana birinchi o'rinda
29-fevral uchun havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha reyting e'lon qilindi.

Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 29-fevralda dunyoning yirik shaharlari orasida 1-o‘ringa chiqdi.
IQAir portaliga ko‘ra, soat 11:00 atrofida Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 171 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu JSST tomonidan tavsiya etilgan o‘rtacha havo sifati ko‘rsatkichidan 34,2 barobarga ko‘p. Hozirda poytaxt havosi sifati “juda zararli” tasnifi turibdi.
Reytingda 2-o‘rinni Pokistonning Lahor shahri egallagan — PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 136,6 mkg/m3. Bangladeshning Dakka shahri 3-pog‘onada — 119 mkg/m3. Reytingdagi o‘ntalikdan, shuningdek, Kampala (Bangladesh), Bishkek (Qirg‘iziston), Katmandu (Nepal), Dehli (Hindiston), Uxan (Xitoy), Karachi (Pokiston), Mumbay (Hindiston) egallagan.







