Jahon

Tojikiston poytaxtida «blekaut» sodir bo‘ldi

Hozirda uzilish sabablari haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Tojikiston poytaxtida «blekaut» sodir bo‘ldi



Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida elektr energiyasida uzilishlar kuzatildi. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi.

 

Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 11:10 da poytaxt elektr energiyasiz qolgan, aholi butun shahar bo‘ylab elektr energiyasi o‘chirilganini aytmoqda. Ayrimlar Dushanbening bir qator tumanlarida ham issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani haqida xabar bermoqda. Bundan tashqari, uyali aloqa tizimida uzilish va internetga kirishda muammolar borligi aytilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 25-yanvar kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda elektr ta’minotida katta miqyosdagi uzilishlar sodir bo'lgan edi.

custom img

Dunyo non narxi oshishiga tayyorlanmoqda: bug‘doy narxi 40 foizga ko‘tarildi

Bunga Qora dengiz orqali Rossiya va Ukrainadan don yetkazib berishdagi uzilishlar sabab bo‘lmoqda.

custom img

Fransiya G‘azo bo‘yicha xalqaro hamjamiyatni tanqid qildi: Kanada va Buyuk Britaniya Falastinni qo‘llab-quvvatladi

Kanada bosh vaziri falastinliklarga taxminan 71 million AQSh dollari miqdorida yordam ajratilishini e’lon qildi.

custom img

“Nega Nyu-Jersini bermaysiz?”: Suriya prezidenti Trampga Nyu-Jersini Isroilga berishni taklif qildi

Ash-Shara Golan tepaliklari masalasida Tramp bilan qilgan hazilini Nyu-Yorkdagi Atlantika Kengashi tadbirida so‘zlab berdi.

custom img

“BMT kuchli bo‘lishi kerak”: Sadir Japarov BMT islohotini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti BMT doirasida sanksiyalarni dastlabki ko‘rib chiqish, monitoring qilish va muntazam qayta ko‘rib chiqishning yagona xalqaro mexanizmini yaratishni takliflarini ilgari surdi.

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"