O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi «LB Sport» korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 18 ta sport turi bo‘yicha 65 xil mahsulot ishlab chiqarilib, yiliga 500 ming dona sport anjomi tayyorlanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi «LB Sport» korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi «LB Sport» korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

 

«LB Sport» sport anjomlari ishlab chiqaruvchi yetakchi mahalliy korxonalardan biridir. Korxona 20 dan ortiq sport federatsiyasi bilan hamkorlik qilmoqda.

 

Mazkur loyiha davlat rahbarining joriy yil-24-martdagi sport sohasiga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishni kengaytirishga doir qarori asosida amalga oshirilgan.

 

Loyihaning umumiy qiymati 25 milliard so‘m bo‘lib, to‘liq tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan. Korxonada 18 ta sport turi bo‘yicha 65 xil mahsulot ishlab chiqariladi. Yiliga 500 ming dona, umumiy qiymati 75 milliard so‘m bo‘lgan sport anjomlari tayyorlanadi.

 

Mahsulotlar sifat jihatidan xorijiy muqobillari bilan raqobatlasha oladi, narxi esa nisbatan arzon. Ular Qozog‘iston, Qirg‘iziston va MDHning boshqa davlatlariga eksport qilinmoqda. Yillik eksport hajmi 3 million dollarni tashkil etadi.

 

Korxona faoliyatida aholi bandligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilgan. Baliqchi tumanidagi 800 ta kam daromadli oila bilan kasanachilik asosida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

 

Kasanachilarning 90 foizini ayollar tashkil etadi, 65 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Mazkur tizim aholiga o‘z xonadonida mehnat qilib, barqaror daromad olish imkonini bermoqda.

 

Korxonada ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lga qo‘yilgan. Tumandagi 1- va 2-son texnikumlarning 100 nafar o‘quvchisi dual ta’lim asosida o‘qitilmoqda. Ular nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlamoqda.

 

Davlat rahbari ishlab chiqarish jarayoni va tayyor mahsulotlar namunalarini ko‘zdan kechirdi.

 

Korxonaning istiqboldagi rejalari haqida axborot berildi. Ishlab chiqarish yo‘nalishlarini kengaytirish maqsadida-2027-yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida sport velosipedlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Shu yerning o‘zida iqtidorli yoshlar, korxona ishchilari bilan samimiy muloqot qilindi.

custom img

Istanbulda o‘zbekistonlik ayol vafot etdi: u doridan zaharlangan

Marhumaning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi.

custom img

Endi O‘zbekistonda chiqindi topshirib pul ishlash mumkin

Respublikada ilk bor plastik, shisha va alyuminiy idishlarni topshirish evaziga pul to‘laydigan fandomatlar ishga tushirildi. Ushbu uskuna hajmi va turidan qatʼiy nazar har bir idish uchun 150 so‘mdan rag‘bat puli to‘laydi.

custom img

Oltin va kumush tangalar: Samarkanddagi Shaxmat olimpiadasi uchun esdalik tangalari sotuvga chiqariladi

Esdalik tangalari 31,1 grammdan bo‘lib, cheklangan miqdorda zarb etilgan.

custom img

Sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas: Konstitutsiyaviy sud qaror chiqardi

Shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turishga imkon beruvchi norma Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topildi.

custom img

O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov 79 yoshida vafot etdi

Taniqli fermer vafoti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi.

custom img

Qimmat narxda xarid qilingan suyuq sovun: Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib

Qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"