Eng dolzarb

O‘zbekistonda qancha fuqaro koronavirusdan vafot etgan?

Joriy yilning 1 mart holatiga ko‘ra yurtimizda kasallanganlar soni 261 mingdan ortdi.

O‘zbekistonda qancha fuqaro koronavirusdan vafot etgan?

 

Jahonda koronavirusdan zararlangan 703,8 million bemordan 7 million dan ortig‘i vafot etgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov xabar berdi.

 

2024 yil 1 mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonda kasallanish 261 ming 085 nafarga yetdi, sog‘ayish 99,1 foizni tashkil qilmoqda. 1637 nafar (0,06 foiz) fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan. 

 

Kasallikning tarqalganlik darajasi 1,0 ni tashkil etmoqda. JSST ekspertlari xulosasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 1,0 gacha bo‘lsa vaziyat barqarorligini anglatadi.

 

Kasallikning yuqtirib olish manbasi 35-43 foiz holatda kasallangan oila aʼzosi yoki qarindoshlari, 6-7 foiz holatda bemor qo‘shnilari, 10-12 foiz holatda jamoat joylaridagi muloqot, 4-5 foiz holatda ish joyidagi muloqot ekanligi aniqlanmoqda.

 

Virus genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan so‘ngi tahlillarning 100 foizida omikron shtammi aniqlangan. 

 

2023 yil davomida qizamiqqa qarshi jami 1 mln 575 ming 558 nafar bolalar milliy emlash kalendariga muvofiq emlandi. Ulardan 879 ming 314 nafari 1 yoshdagi va 696 ming 244 nafari 6 yoshdagi bolalar KPK vaksinasi (qizamiq+epidemik parotit+qizilcha infeksiyalariga qarshi) bilan reja asosida emlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.