Andijon taekvondo bo‘yicha xalqaro turnirga mezbonlik qiladi
Musobaqa 17-21 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Andijon shahridagi "Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi"da taekvondo WT bo‘yicha bolalar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida "Andijan Open" xalqaro turniri o‘tkaziladi.
Ushbu musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari, Koreya Respublikasi, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkiya, Hindiston, Qirg‘iziston, Nepal va Ozarbayjondan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu yilning ilk xalqaro turniri hisoblanadi.
Ayni kunlarda musobaqani yuqori darajada o‘tkazish bilan bog‘liq tashkilotchilik ishlari davom etmoqda.







