O'zbekiston

Qashqadaryoda qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qashqadaryoda qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dehqonobod tuman bo‘limi, IIB va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.U. o‘z uyidan 6 000 dona “SHAHRISABZ” nomli qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotini “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasida Navoiy viloyatida o‘tkazish uchun olib ketayotgan vaqtida YPX maskanida to‘xtatib qolingan.

 

Ushbu mahsulotlarning manbasini aniqlash maqsadida davom etgan tadbirda, Shahrisabz shahri “Kunchiqar” MFY hududidagi xonadonda yashovchi O.Sh. o‘z uyida qo‘lbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etganligi fosh etilib, ushbu yashirin sexdan jami 2 568 dona “SHAHRISABZ” va “Russkaya” nomli qo‘lbola alkogol mahsuloti, 1 796 dona qalbaki aksiz marka, 920 litr spirt, 6 500 dona yorliq va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Shuningdek, O.Sh. yashirin ishlab chiqarish faoliyati davomida orttirgan daromadlari hisobidan “Nexia-3”, “Damas” va “Lacetti” rusumli avtotransport vositalarini xarid qilganligi aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish), 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

custom img

Agrar sohada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: ayrim yo‘nalishlarga subsidiyalar beriladi

Paxta yetishtirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari, yem-xashak ekinlari va sovitilgan go‘sht importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.

custom img

Kommunal xo‘jaligi xodimlari uchun: O‘zbekistonda yangi faxriy unvon ta’sis etildi

Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan va aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar taqdirlanadi.

custom img

Toshkent xalqaro metrologiya maktabiga mezbonlik qilmoqda

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi.

custom img

Global innovatsiya indeksi: O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 77-o‘rinni egalladi

Mamlakat o‘tgan yilgi natijasiga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilagan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

custom img

Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi? Fanlar akademiyasi izoh berdi

Toshkent Botanika bog‘idagi daraxt kesish va qazish ishlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

custom img

4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Parlamentda bolalarni himoya qilish va jazolarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

22 nafar o‘quvchi zaharlandi: maktab yonidagi paxta dalasiga dori sepilgan

G‘uzorda paxta dalasiga erta yetilishni taʼminlash maqsadida dori sepilgani ortidan o‘quvchilarda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"