ÖzLiDeP 4-dekabr kuni navbatdagi Kongressini ötkazadi
Unda 1500 nafar delegat iştirok etadi.

4-dekabr kuni Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdagi Kongressi bölib ötadi. Unda 1500 nafar delegat iştirok etişi kutilmoqda.
Kongress kun tartibidan partiyaning yangi Siyosiy dasturi loyihasini muhokama qiliş, mafkuraviy qaraşlarini yangilaş va faoliyatini Yangi Özbekiston talablariga muvofiqlaştiriş, şuningdek, taşkiliy tuzilmasini ilğor xalqaro tajriba asosida qayta körib çiqiş masalalari örin olgan.
Yangi Siyosiy dasturda partiya elektorati — tadbirkorlar, ziyolilar, ta’lim va tibbiyot xodimlari, madaniyat, sport, OAV, IT va fintex sohasi vakillari, yoşlar hamda xotin-qizlar manfaatlarini kengroq ifodalaşga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kongressda partiyaning kelgusi faoliyati, mafkuraviy yönalişi va jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini ifodalaşdagi ustuvor vazifalarini belgilaş kutilmoqda.








