Toşkentda havo sifati: tunning ikkinçi yarmida yaxşilaniş kutilmoqda
28-noyabr tongiga borib havodagi ifloslantiruvçi zarraçalar miqdori kamayib, havo sifati yana mötadil darajaga qaytadi.

28-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati keçki soatlarda biroz yomonlaşişi, tunning ikkinçi yarmidan esa yaxşilanişi kutilmoqda.
Prognozlarga köra, AQI böyiça keçki payt havo sifati dastlab «örtaça», soat 21:00 dan 01:00 gaça esa «sezgir guruhlar uçun nosoğlom» darajada bölişi mumkin. Milliy havo sifati indeksi böyiça körsatkiçlar asosan «yaşil», qisqa muddat esa «sariq» darajada bölişi prognoz qilinmoqda.
Bunga keçki soatlarda havo haroratining pasayişi, kuçsiz şamol va harorat inversiyasi sabab bölişi mumkin. Uşbu omillar mahalliy va qöşni hududlarda şakllangan çiqindilar hamda PM zarraçalarining tarqalişini çeklaydi.
Tunning ikkinçi yarmidan havo sifati yaxşilanib, ertalab xalqaro AQI böyiça «örtaça», milliy indeks böyiça esa asosan «yaşil» darajada bölişi kutilmoqda.








