Özbekistonda YAIM hajmi: 9 yillik körsatkiçlar qayta hisoblandi
Bunda özgariş real iqtisodiy ösiş emas, statistik ma’lumotlarning töliqroq şakllantiriş hisobiga röy bergan.

Özbekistonning 2017–2025-yillardagi yalpi içki mahsulot (YAIM) körsatkiçlari qayta hisoblandi. Natijada 2025-yilgi YAIM hajmi avvalgi 147 mlrd dollardan 169 mlrd dollarga aniqlaştirildi.
Milliy statistika qömitasi ma’lum qilişiça, qayta hisob-kitoblar aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş natijalari, şuningdek, korxona va taşkilotlar böyiça yangilangan statistik ma’lumotlar asosida amalga oşirilgan.
Yillar kesimida qayta hisoblangan YAIM hajmi:
- 2017-yil — 427,6 trln söm (avv. 369,6 trln söm);
- 2018-yil — 566,1 trln söm (494,8);
- 2019-yil — 708,7 trln söm (620,1);
- 2020-yil — 807,0 trln söm (705,1);
- 2021-yil — 983,1 trln söm (861,2);
- 2022-yil — 1 184,3 trln söm (1 041,9);
- 2023-yil — 1 434,0 trln söm (1 261,8);
- 2024-yil — 1 754,7 trln söm (1 535,4);
- 2025-yil — 2 126,8 trln söm (1 849,7).
Qömitaning izohlaşiça, YAIM hajmining qayta baholanişi qöşimça real iqtisodiy ösişni anglatmaydi. Bu mavjud iqtisodiy faoliyatning statistik hisobda töliqroq aks ettirilişi bilan boğliq.








