Sport

“Baʼzi sportchilar uchun boks tugadi degani bu...”

Chempion Madrimov bilan eksklyuziv suhbat.

“Baʼzi sportchilar uchun boks tugadi degani bu...”

 

Xabaringiz bor, 8-mart kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Isroil Madrimov WBA chempionlik kamari uchun rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi ringga chiqdi. 12 raund etib belgilangan chempionlik jangi bor yo‘g‘i besh raund davom etdi. Hamyurtimiz rossiyalik raqibini 5-raundda texnik nokaut orqali taslim etib, WBA yo‘nalishida vakant bo‘lib turgan chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Ahamiyatlisi, Madrimov shu kuni professional karyerasidagi o‘n birinchi jangida o‘ninchi g‘alabasini nishonladi, uning hisobida bitta durang ham bor. Rossiyalik Magomed Kurbanov esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini o‘zbek o‘g‘lonidan qabul qilib oldi. U shu kunga qadar 25 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan edi.

 

 

Isroil Madrimov: Aslini olganda bu kamar uchun ikki yil avval daʼvogarga aylangan edim. Maʼlum sabablarga ko‘ra, bu biroz cho‘zildi. Lekin bundan xafa emasman. Chunki, Allohim hamma narsani o‘z vaqtida chiroyli qilib beradi bizga. Xuddi hozirgidek. Tayyorgarlik haqida gapirsam u juda katta bo‘ldi. O‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon mazkur jangi tayyorgarlik ko‘rib kelaman. Chunki, jang muddati aniq emas edi. Ohirgi 10 kunlikda bu aniq bo‘ldi.

 

— Jang haqida nima deya olasiz?

 

— Jang reja bo‘yicha ketayotgan edi. 12 raundga mo‘ljallangani bois biz kuchimizni 12 raundga taqsimlagandik. Lekin, omadim kelib 5 chi raunddayoq texnik nokaut qayd etim. Va bundan juda xursandman. Chunki, chempionlik jangida nakaut bilan g‘alaba qozonish sportchiga boshqacha kayfiyat beradi.

 

— Endigi maqsad qanday?

 

— Kamarni bittasini qo‘lga kiritdim. Bizda qo‘lga kiritilmagan yana 3 ta kamar bor. Maqsadim ana shu 4 ta kamarni birlashtirish.

 

— Buning uchun sizga qancha vaqt kerak bo‘ladi?

 

— Men janglarga tayyorman. Promouterlarim va murabbiylarim kamar egalar bilan jang tashkil qilib berishsa hozir ham urishishga to‘liq tayyorman. Ruhiy holatim ham jismoniy holatim ham yaxshi. Bu yo‘lda raqiblar Terens Krouford, Jermell Charlo, Tim Szyu bo‘ladimi, buning umuman ahamiyati yo‘q.

 

 

 

— Bu galgi jangda burchakda murabbiy o‘rniga bokschimiz Murodjon Ahmadaliyevni ko‘rdik.

 

Arena oldida, ring yonida qancha ko‘p yaqinlarimiz bo‘lsa, biz bundan shuncha kuch olamiz. Murodjon Ahmadaliyevni sekundant bo‘lishi ham menga kuch va ishonch berdi. U meni yaqin do‘stim. Biroq shu kuni uzstozim o‘rnida ustozlik qildi. U bergan ko‘rsatmalarni imkon darajasida ko‘ngildagidek bajarishga harakat qildim. Chunki, Murodjonda katta tajriba bor. Mandan ancha oldin bir emas, ikkita chempionlik kamarlarini O‘zbekistonga olib kelgan birinchi bokschi u. Tabiiyki, bu har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Shu bois men unga to‘liq ishonib ko‘rsatmalariga quloq tutdim.

 

— Kam jang bilan chempionlikka erishgan bokschilardan birisiz.

 

— Kam jangdan chempionlik kamariga erishish oson bo‘lmadi. Chunki, biz boshlagan yo‘l tavvakkallik bilan boshlangan yo‘l edi. Biz ko‘proq tavakkal qildik. Lekin bu juda og‘ir yo‘l. Men boshqalarga buni maslahat bermagan bo‘lardim. Chunki, agar siz janglarda yutqizsangiz reytingdan pastga tushib ketasiz va chempionlikka erishish siz uchun shuncha qiyin bo‘ladi. Bazi sportchilar uchun boks tugadi degani bu. Meni har bir raqibim katta tajribaga ega va reytingda yuqori o‘rinlarda turgan sportchilar edi. Ularni ustidan g‘alabaga erishish oson bo‘lmagan. Men professional karyeramni o‘zi 10 raundlik jang bilan boshlaganman. Shu bois ham men chempionlikka 11 ta jangdayaoq erishdim. Aslini olganda chempionlik janggi uchun bokschi kamida 20 ta jang o‘tkazgan bo‘lishi kerak.

 

— Аvtomobil sizga yoqdimi?

 

Judayam yoqdi. Davlatimiz rahbari tomonidan qaratilayotgan eʼtibor va bu kabi rag‘batlantirishlardan boshim osmonga yetdi. Ular biz sportchilarni hamma vaqt qo‘llab-quvvatlab kelganlar. G‘alabadan keyin har doim mukofotni qabul qilib olishimiz bizga yana-da katta kuch va albatta motivatsiya beradi. Biz ham bu ishonchni oqlash uchun tinimsiz harakatdamiz.

 

 

— Bilishimizcha, ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z oilangiz bilan Umra ziyoratini ham amalga oshirdingiz.

 

Jang vaqtida Ota-onam umra safarida edilar. Ulardan men chempion bo‘lishimni so‘rab duo qilishlarini iltimos qilgandim. Allohimga shukur bu niyatimiz amalga oshdi. G‘alabadan keyin esa biz ham ukam bilan Makkaga ota-onamni oldiga borib muqaddas dargohni ziyorat qildik. Ramazon oyida oilamiz bilan birga umra safarini ado etdik. Bu meni orzum edi. Judayam xursandman.

 

 

Maʼlumot uchun: WBC, WBA, IBF va WBO yo‘nalishidagi barcha bokschilar ko‘shib hisoblanganida Isroil Madrimov g‘alabadan keyin 70 kg vaznda jahon reytingida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu vaznda 24 707 bokschi hisobga olingan. O‘zbek o‘g‘lonining natijasi esa maqtanishga arzigulik shunday emasmi?!

 

Uchqun Namozov suhbatlashdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Baʼzi sportchilar uchun boks tugadi degani bu...” | Zamon.uz