Alisher Navoiyning qanday unvonlari bo‘lgan?
Bu bo‘yicha WOSCU qiziqarli maʼlumot taqdim etdi.

Alisher Navoiy Hirot hukmdori Boyqaro Mansur o‘g‘li Sulton Husaynning yaqin do‘sti, ayni paytda ko‘kaldoshi va ishonchli maslahatchisi bo‘lgan.
Alisherning oilasi doimiy ravishda Temuriylar saroyining xizmatida bo‘lib kelishgan. 876/1472 yili Sulton Husayn uni devoni aʼloning amiri yoki begi (mansabi imorat) lavozimiga tayinlagan paytda Alisher Mir unvoniga ega bo‘ladi. Biroq 892/1487 yilda Alisher Navoiy o‘zi egallab turgan lavozimlardan, xususan, Astrobod hokimi kabi mansablar qatori o‘z amirlik vazifasidan ham voz kechadi, vaholanki, mazkur mansab nomi unda umrining oxirigacha saqlanib qoladi.
Alisher Navoiy bolalik davridan boshlab Sulton Husayn xizmatida bo‘lib, ko‘plab holatlarda unga sodiqligini isbotlab keladi. Natijada davlatning barcha asosiy vazifalari unga ishonib topshiriladi, shu tariqa unga "muqarribi hazrati sultoniy" (yaʼni sultonning ishongani) degan sharafli nom beriladi.







