O'zbekiston

Qon tomirlari ichini ko‘rish imkonini beruvchi sensor yaratildi

U qo‘l soatidek kichik o‘lchamga ega.

Qon tomirlari ichini ko‘rish imkonini beruvchi sensor yaratildi

 

Xitoylik olimlar qon oqimini ko‘rish uchun fotoakustik qurilmani ixtiro qilishdi. U qo‘l soatidek kichik o‘lchamga ega.

 

Barcha yordamchi uskunalar, shu jumladan, quvvat manbai va lazer og‘irligi 7 kilogrammdan oshmaydigan ryukzakka joylashtirilgan.

 

Tadqiqotchilar gajetning ishlash prinsipi haqida maʼlumot berishdi. Yorug‘lik energiyasi issiqlikka aylanadi. Natijada tana harorati o‘zgara boshlaydi. Termoelastik kengayish tufayli aniqlanishi mumkin bo‘lgan tovush to‘lqinlari chiqa boshlaydi. Ultratovushdan farqli ravishda fotoakustika anatomik tasvirlardan ko‘ra aniq, yuqori aniqlikdagi funksional va tizimli tasvirlar hosil bo‘ladi.

 

Ushbu texnikadan foydalanib, to‘qimalarni 30 millimetr chuqurlikkacha skanerlash mumkin. Bu qon tomirlarining holatini va qondagi kislorod bilan to‘yinganlik darajasini baholash uchun muhimdir. Tadqiqot muallifi Ley Sining taʼkidlashicha, bu tibbiyotda amaliy foydalanish uchun mos bo‘lgan dunyodagi birinchi fotoakustik qurilma. Yurak urishi tezligi, qon bosimi va qonning kislorod bilan taʼminlanishi darajasini tahlil qilish orqali odamning yuragi qanchalik yaxshi ishlayotganini aniqlash mumkin.

 

Qurilma allaqachon turli sharoitlarda bir nechta ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkazildi. Sinov tizimning umumiy foydalanish uchun qulayligini va yuqori darajada barqarorligini tasdiqladi. Kelajakda qurilmani yaxshilash va uning o‘lchamlarini kichraytirish mumkin. Aqlli soatlar korpusiga barcha kerakli komponentlarni joylashtirish orqali ryukzakdan voz kechish mumkinligiga olimlarning ishonchi komil. Qurilmadan nafaqat qon tomirlarining holatini baholash, balki saraton va yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini dastlabki bosqichlarda aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.

custom img

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Belgilangan to‘lov ham onlayn amalga oshiriladi.

custom img

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

custom img

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

custom img

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlari ishtirokida fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"