Ronalduning goli dahshatli seriyaga yakun yasadi
“Al-Nasr” chempionlik uchun oxirigacha kurashmoqchi.

Bir necha kun oldin Saudiya Arabistonidagi eng shov-shuvli o‘yinlardan biri bo‘ldi. “Al-Nasr” va “Al-Ahli” mamlakatning eng kuchli jamoalari hisoblanadi. Chempionat jadvalida “Al-Nasr” “Al-Hilol”dan 12 ochko ortda qolmoqda. “Al-Ahli” esa “Al-Nasr”dan atigi 6 ochko ortda. Yaʼni o‘sha kuni chempionatning ikkinchi va uchinchi jamoalari to‘qnash kelishdi.
Deyarli muxlislar bilan to‘lgan stadionda mamlakat elita klublari o‘rtasidagi Super o‘yin bo‘lib o‘tdi. “Al-Nasr” kichik bir inqirozga tushib qolgan. Rasmiy ravishda hammasi 29 fevral kuni boshlandi. “Al-Hazm” bilan 4:4 hisobidagi omadsiz durang. Keyin Osiyo chempionlar ligasidan chib ketish hamda chempionatda ikkita mag‘lubiyat bor edi. Shu sababdan ular “Al-Hilol”dan uzoqlashib ketishdi va katta ehtimol bilan endi hech kim ularning chempionlikni qo‘lga kiritishiga ishonishmaydi. Hatto asosiy yulduz Krishtianu Ronaldu ham jamoa Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan so‘ng rahbariyat muammolarni hal qilishi kerakligi haqida post yozdi va muxlislardan uzr so‘radi. 39 yoshli futbolchi bu mavsumda ham chempionlik kubogini boshi uzra ko‘tara olmasligi mumkin.
Ronalduning Chempionlar ligasini tark etishi og‘ir holat. U uch metrdan gol ura olmadi va jamoasi penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Ammo Krishtianu “Al-Ahli” bilan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Uning birinchi bo‘lim oxiridagi harakati esa 45 daqiqalikda yagona yorqin voqea bo‘ldi. Mane maydonning yarmida hammadan qochib ketgan portugaliyalik futbolchiga uzatdi. Ronaldu to‘pni ushlab qolish uchun yugurib chiqqan Mendini aldab o‘tib, darvozaga zarba berdi. Biroq, uning goli o‘yindan tashqari holat sabab inobatga olinmadi. Muxlislar tomonidan uloqtirilgan turli buyumlardan so‘ng, Otavioning boshi jarohat oldi.
Umuman olganda, birinchi bo‘limda jamoalar darvoza tomon bir necha bor zarba berishdi. Ikkinchi bo‘limning boshlanishi jamoalar ehtiyotkorlik bilan o‘ynashni xohlayotgani sezildi. To‘p asosan markazda o‘ynaldi. Biroq, “Al-Nasr” darvozasiga birinchi xavfli hujum gol bilan yakunlandi. Ammo, u ham hisobga olinmadi.
Bu vaziyat esa “Al-Nasr”ga kuch bergandek bo‘ldi. Ular yutqazishda davom etishni va muddatidan oldin chempionlik uchun barcha imkoniyatlarni boy berishni istashmagani aniq. Shuning uchun jamoa hujumga tashlandi. Vaziyatlardan birida “Al-Ahli” darvozasi tomon penalti belgilandi. Ronaldu esa to‘pga yaqinlashdi va qisqa pauza bilan ishonchli tarzda imkoniyatni golga aylantirdi. Shundan so‘ng, “Al-Ahli” o‘yinni qutqarish uchun oldinga tashlandi. Jamoa shu tariqa bir necha bor imkoniyatlarga ega bo‘ldi, biroq ulardan unumli foydalana olmadi. Shu tariqa Ronaldu jamoasiga yana uch ochkoni taqdim etdi.







