O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi bahsni iordaniyalik hakamlar boshqarib boradi
Uchrashuv 26-mart kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon Chempionati hamda Osiyo kubogi 2-qo‘shma saralash bosqichi doirasida Toshkentda Gongkong terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Mazkur uchrashuvda iordaniyalik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam Ahmed Faisal Al-Ali, unga qanotlarda hamyurtlari Obeydat Ayman va Muhsen Ahmad yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Arafah Mohammad ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 26 mart kuni soat 19:30 da “Bunyodkor” stadionida start oladi.







