O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev yangi institut qurilishi bilan tanishdi

Hozirda 5 gektar joyda oliygoh uchun yangi kampus qurilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev yangi institut qurilishi bilan tanishdi

Davlati rahbari tashabbusi bilan 2017 yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi, bog‘ va muzey barpo etilgan edi.

 

Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda jadid bobomiz nomida chet tillari oliygohi tashkil qilish maqsadini aytgandi. Bu hayotga ko‘chib, 2022 yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida shunday institut tashkil topdi.

 

Institutda jahon tillari fakulteti, 6 ta kafedra va 16 ta taʼlim yo‘nalishi bor. Hozirda ikki bosqichda 1 ming 523 nafar talaba saboq olmoqda. Kelgusi yillarda ularning soni yana ortadi.

 

Shuning uchun Yangi Namangan hududida 5 gektar joyda oliygoh uchun yangi kampus qurilmoqda.

 

Prezident ushbu bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

 

Hozirda ming o‘rinli o‘quv binosi, sport zali, oshxona qad rostlagan. Ularni shu yil avgustda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Keyingi bosqichlarda talabalar yotoqxonasi va yana bir o‘quv binosi barpo qilinishi ko‘zda tutilgan.

 

Prezident shu yerda Yangi Namangan shahri bosqichlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

 

Uning qurilishi ikki yil oldin boshlangan edi. Bugungi kunda 2 ming 764 ta xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar barpo etilgan, yana 648 ta xonadonli uylar qurilmoqda.

 

Bu shahar 200 ming aholiga mo‘ljallangan. Unda bog‘cha, maktab va boshqa ijtimoiy muassasalar, ish o‘rinlari uchun sanoat zonasi bo‘ladi. “Yangi O‘zbekiston bog‘i” ham shu yerda barpo etiladi.

 

Davlat rahbari bu qulaylik, xavfsizlik, sifatli ekspluatatsiyani mujassam etgan aqlli shahar bo‘lishi kerakligini taʼkidladi. Shu bois loyihani yana bir bor sinchiklab ko‘rib chiqish, sifat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"