Jahon

Italiyada Yevropadagi eng baland osma ko‘prik qurildi

Uning uzunligi 500 metrni tashkil etadi.

Italiyada Yevropadagi eng baland osma ko‘prik qurildi

Italiyaning markaziy Umbria mintaqasida Yevropadagi eng baland ko‘prik qurildi. U yer sathidan 175 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, uzunligi 517,5 metrga yetadi, unga chiqish uchun 1023 ta zinapoya bo‘ylab ko‘tarilish kerak.

 

Ushbu inshoot Sellano va Montesanto qishloqlarini bog‘laydi. Uni kesib o‘tish uchun 30 dan 45 daqiqagacha vaqt ketadi. Zinapoyalar orasidagi masofa adrenalin oqimini oshiradi va uni yengish katta jasora talab qiladi.

 

Ko‘prikdan o‘tishga qaror qilganlar xavfsizlik kamarlari bilan taʼminlanadi. Tashrif buyuruvchining bo‘yi kamida 120 santimetr bo‘lishi, ruhiy va jismoniy salomatligi yaxshi, balandlikdan qo‘rqmasligi kerak. Ko‘prik yil davomida ishlaydi va chipta narxi 25 yevro.

 

custom img

Tojikiston hijob va uzun soqol taqiqlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ayrim OAVlarda tarqalgan hijob va soqol bo‘yicha ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi.

custom img

Pokistonda kuchli yomg‘irlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Musson yomg‘irlari yuzlab binolarga zarar yetkazib, 200 dan ortiq inshootning butunlay vayron bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

custom img

AQSh va Saudiya Arabistoni Iroqdagi obyektga zarba berdi

Vashington operatsiya AQSh va Saudiya Arabistoni manfaatlariga tahdid solayotgan nishonlarga qarshi o‘tkazilganini, voqealar Eron raketalari bilan bog‘liq emasligini bildirdi.

custom img

Infantino Jahon chempionati ulushlarini xususiy investorlarga sotmoqchi

Tashabbus UEFAning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.

custom img

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 13 nafarga yetdi

Zilzila oqibatlarini bartaraf etish va qidiruv-qutqaruv ishlariga 4,6 mingga yaqin harbiy xizmatchisi jalb etilgan.

custom img

Tramp Netanyaxuni odatdagidan sovuqroq kutib oldi

AQSh prezidenti va Isroil bosh vaziri o‘rtasidagi taranglik bir necha haftadan buyon davom etmoqda.

custom img

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi terrorchilar bilan aloqani yashirgani uchun hibsga olindi

Erkak xalqaro qidiruvdagi terrorchilik tashkiloti a’zosi bilan olti oy davomida muntazam muloqot qilgan.

custom img

Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila oqibatida savdo markazida portlash bo‘ldi

Tabiiy ofat oqibatida elektr ta’minoti uzildi, yo‘llar va binolar shikastlandi, savdo markazida yuz bergan portlashdan keyin 20–30 nafar ishchi bedarak yo‘qoldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"