Tramp muzokarani taklif qildi, Eron shart qo‘ydi
Eron rasmiysi AQSh bilan muzokaralar uchun belgilangan shartlarga amal qilinishini talab qildi.

Bugun, 15-sentyabr kuni AQSH prezidenti Donald Trampning Eron bilan muzokaralarga ochiq ekani haqidagi bayonotiga Tehron javob qaytardi.
Eron davlat axborot agentligi IRNAga ko‘ra, Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Mohsen Rezoiy muzokaralar boshlanishi uchun Tehron qo‘ygan shartlar bajarilishi kerakligini bildirdi.
Rezoiy Trampning «muzokaralarga ochiqmiz» degan bayonotiga munosabat bildirib, AQSH prezidentining ziddiyatli signallariga ishonib qolmaslikka chaqirdi.
Eron rasmiysi ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida Trampning avval muzokaralarni istisno qilgani, keyin esa muzokaralarga tayyor ekanini bildirganiga eʼtibor qaratdi.
Rezoiyning taʼkidlashicha, Tehron AQSH bilan muzokaralarga qaytish masalasida o‘z shartlariga amal qilinishini talab qilmoqda.
Shu tariqa, Vashington muzokaralarga ochiq ekanini bildirgan bir paytda, Tehron hozircha yangi muzokaralar boshlanishi uchun o‘z shartlari bajarilishi kerakligini taʼkidlamoqda.








