Jahon

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Benjamin Netanyaxu G‘azodagi urush va tinch aholi qurbonlari haqida hikoya qiluvchi “NAZA” hujjatli filmini yahudiylarga qarshi antisemitik targ‘ibotning bir qismi deb atadi.

 

Isroillik jurnalistlar Yuval Abraham va Rachel Szor suratga olgan film Venetsiya kinofestivalida Maxsus hakamlar hay’ati mukofotiga sazovor bo‘ldi. Unda G‘azodagi urushda qatnashgan razvedka xodimlari va harbiylarning anonim intervyulari keltirilgan.

 

Netanyahu filmda Isroil armiyasi urush jinoyatlarida ayblanayotganini tanqid qildi. Isroil harbiylari bosh qo‘mondoni Eyal Zamir ham filmni Isroil davlatiga qarshi hujum deb baholab, unda voqelik buzib ko‘rsatilgani va harbiylarga nisbatan yolg‘on ayblovlar ilgari surilganini aytdi.

 

Isroil harbiylari film va unga aloqador shaxslarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rish imkoniyatlari o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

 

Film rejissyori Yuval Abraham esa jinoyatlarni inkor etish ularning davom etishiga sabab bo‘lishini aytib, isroilliklarni filmni ko‘rishga chaqirdi.

 

G‘azo sog‘liqni saqlash idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning harbiy amaliyoti oqibatida 73 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Isroil esa harbiy amaliyotlar davomida tinch aholi orasidagi qurbonlar sonini kamaytirish uchun barcha choralarni ko‘rayotganini bildiradi.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.