Siyosat

O‘zbekiston va Koreya biznesi: sanoat-texnologik alyans tuzish taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri 300 nafardan ortiq davlat va biznes vakillarini jamlagan qoʻshma biznes forumning ochilishida ishtirok etdilar.

O‘zbekiston va Koreya biznesi: sanoat-texnologik alyans tuzish taklif qilindi

 

Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Suk O‘zbekiston–Koreya qo‘shma biznes forumining ochilishida ishtirok etdi. Tadbirda ikki davlatning davlat idoralari va biznes doiralaridan 300 nafardan ortiq vakil qatnashdi.

 

Forumda yetakchi moliya institutlari, yirik sanoat korxonalari va savdo kompaniyalari rahbarlari, jumladan, Koreyaning “Lotte Chemical”, “Hyundai Motor Group”, “Samsung C&T”, “CJ Group”, “Shinhan Financial Group”, “Hyundai Rotem”, “KIND”, “BOMI”, “Kia Corporation”, “Sampyo Group” va “Hansae Mobility” kabi kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyani O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi sifatida qayd etib, savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy aloqalar ikki davlat ko‘p qirrali hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan ekanini ta’kidladi.

 

Koreyaning yetakchi kompaniyalari O‘zbekistonda samarali faoliyat yuritib, mamlakat iqtisodiyotining rivojiga munosib hissa qo‘shayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning industrial va texnologik taraqqiyotida yangi bosqich boshlanayotgani, bu esa savdo va investitsiyalarni kengaytirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.

 

Davlat rahbari O‘zbekistonning resurs salohiyati, Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va ikki mamlakat kompaniyalarining investitsiyaviy imkoniyatlarini birlashtirish orqali yangi iqtisodiy o‘sish nuqtalarini shakllantirishni taklif etdi.

 

Kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida sanoat kooperatsiyasi va to‘liq ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish, energetika va “yashil iqtisodiyot”, transport hamda zamonaviy infratuzilma, raqamlashtirish va sun’iy intellekt, yarimo‘tkazgichlar va mikroelektronika, biotexnologiya va farmatsevtika, ilmiy tadqiqotlar, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda kadrlar tayyorlash sohalari ko‘rsatib o‘tildi.

 

Koreya kompaniyalari misni chuqur qayta ishlash, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, avtomobil va elektromobil sanoati uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirish, robototexnika va avtomatlashtirish, biotexnologiya va farmatsevtika, gidroenergetika, energiya saqlash tizimlari, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, transport va shahar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etishga taklif qilindi.

 

Sanoat va texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida O‘zbekiston–Koreya sanoat-texnologik alyansini tashkil etish taklifi ilgari surildi.

 

Prezident O‘zbekistonda koreys biznesi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik, muhim minerallarni qayta ishlash va transport infratuzilmasi ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda diplomatik munosabatlarning 35-yilligi munosabati bilan qo‘shma parlament tadbirlari o‘tkazishga kelishildi.

custom img

Transportdan sunʼiy intellektgacha: O‘zbekiston va Koreya hamkorlikni kengaytirmoqda

Seuldagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

custom img

O‘zbekiston–Koreya hamkorligi: 12 mlrd dollarlik loyihalar portfeli tayyorlandi

2027-yil O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida “Madaniyat va o‘zaro almashinuvlar yili” deb eʼlon qilinadi.

custom img

Janubiy Koreyada Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Marosimdan so‘ng ikki davlat prezidentlari o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga bordi

O‘zbekiston Prezidentining Koreyaga davlat tashrifi vatanparvarlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatishdan boshlandi.

custom img

O‘zbekiston–Koreya hamkorligining yangi bosqichi: Shavkat Mirziyoyevning maqolasi Koreya nashrida chop etildi

Shavkat Mirziyoyev Koreya nashrida e’lon qilingan maqolasida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yangi texnologik bosqichga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyan bilan telefon orqali gaplashdi

Prezident Bosh vazir bilan suhbatda Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Tinchlik shartnomasini tez fursatda imzolash borasidagi sa’y-harakatlarni yuksak baholadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"