Jahon

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropada tabiiy gaz narxi Fors ko‘rfazidan yetkazib berishdagi ehtimoliy uzilishlar haqidagi xavotirlar fonida keskin oshdi. Investorlar, xususan, Hormuz bo‘g‘ozining bloklanishi Yaqin Sharqdan suyultirilgan tabiiy gaz (STG) eksportiga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishidan xavotirda.

 

DW yozishicha, 14-sentyabr kuni Amsterdamdagi TTF birjasida bir oylik yetkazib berish uchun bazaviy gaz fyucherslari narxi 5 foizdan ko‘proqqa oshib, megavatt-soatiga 83,75 yevroga yetdi. Bu 2022-yil oxiridan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

 

DPA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bozordagi o‘sishga Yaqin Sharqdan STG yetkazib berishdagi ehtimoliy uzilishlar haqidagi xavotirlar sabab bo‘lmoqda.

 

Neft narxi ham oshdi

 

14-sentyabr kuni neft narxlari ham 2 foizdan ko‘proqqa ko‘tarildi. Brent markali neft narxi bir barrel uchun 107 dollardan oshgan bo‘lsa, WTI narxi 103 dollarga yaqinlashdi.

 

2026-yil boshidan buyon Yevropada gaz narxi qariyb uch baravar oshdi. Brent markali neft esa shu davrda qariyb 80 foizga qimmatlashdi.

 

Shu bilan birga, Brent narxi aprel oyi oxirida qayd etilgan bir barrel uchun 126 dollardan yuqori oraliq cho‘qqidan ancha past darajada qolmoqda.

 

Yana bir muhim transport yo‘nalishiga tahdid kuchaydi

 

Qizil dengizdagi Bob al-Mandab bo‘g‘ozida ham vaziyat keskinlashmoqda. Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Yamandagi husiylar 11-sentyabr kuni bo‘g‘oz ustidan nazoratni qo‘lga olganini ma’lum qildi.

 

Saudiya Arabistoni esa husiylar tomonidan amalga oshirilgan dron hujumlaridan so‘ng «Sharq-G‘arb» neft quvuri faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Saudiya Arabistoni Yamanda hukumat kuchlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

 

Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlari qish mavsumi boshlanishidan oldin gaz omborlaridagi zaxiralarni qisqa muddatda to‘ldirishga harakat qilmoqda.

 

Bloomberg tomonidan kemalar harakatini kuzatish ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, sentabr oyi boshida G‘arbiy Yevropaga STG yetkazib berish hajmi oshgan. Biroq o‘tgan hafta yetkazib berish yana kamaygan, gaz omborlarini to‘ldirish sur’ati esa sekinlashgan.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.