Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi
Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

Pokistonning janubi-g‘arbiy Balujiston viloyati Harnai tumanidagi ko‘mir konida gaz to‘planishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Hodisada to‘rt konchi halok bo‘lgan, yana besh kishi jarohatlangan.
The Nation nashrining xabar berishicha, portlashdan so‘ng bir nechta konchi yer ostida qolib ketgan. Qutqaruvchilar ularni kon ichidan olib chiqishgan.
Jarohatlanganlar tibbiy yordam ko‘rsatish uchun viloyat markazi — Kvetta shahridagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga kon ichida metan gazining to‘planishi sabab bo‘lgan.








