Lifestyle

Saudiyalik qiz ilk bor “Koinot go‘zali” tanlovida qatnashadi

Tanlov joriy yil kuzda Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Saudiyalik qiz ilk bor “Koinot go‘zali” tanlovida qatnashadi

Saudiya Arabistoni vakili ilk bor “Koinot go‘zali-2024” tanlovi ishtirokchilaridan biri bo‘ladi. Tanlovda qirollikdan 27 yoshli model va bloger Rumiy al-Qahtaniy ishtirok etadi.

 

“Koinot go‘zali – 2024” tanlovida ishtirok etish men uchun katta sharaf”, — deb yozdi Al-Qahtani o‘zining instagram sahifasida. Postdagi suratda u Saudiya Arabistoni bayrog‘i oldida suratga tushgan.

 

“Koinot go‘zali-2024” tanlovi 28 sentyabr kuni Meksikada bo‘lib o‘tadi. Ko‘rfaz mamlakatlaridan “Koinot go‘zali” tanlovida ishtirok etgan birinchi ayol Lujan Yaqub edi. U o‘tgan yili musobaqada Bahrayn sharafini himoya qilgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"