Sport

Nodirbek Abdusattorov dunyo reytingida to‘rtinchi o‘rinda

19 yoshli sportchi O‘zbekiston shaxmatchilari orasida reyting bo‘yicha rekord sohibidir.

Nodirbek Abdusattorov dunyo reytingida to‘rtinchi o‘rinda

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov mart oyi yakunlari bo‘yicha FIDE reytingida (Elo reytingi) to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.

 

U 2765 ochko to‘plab, amaldagi jahon chempioni, xitoylik Din Lijen (2762) va boshqa mashhur shaxmatchilardan o‘zib ketdi.

 

 

Dunyo reytingida ko‘p karra jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen 2830 ochko bilan birinchi o‘rinda joylashgan. Amerikalik shaxmatchilar Hikaru Nakamura (2789) va Fabiano Karuana (2803) undan keyingi o‘rinlarni egallagan.

 

19 yoshli Nodirbek Abdusattorov O‘zbekiston shaxmatchilari orasida reyting bo‘yicha rekord sohibi hisoblanadi. Ungacha faqat Rustam Qosimjonov eng yuqori natijani ko‘rsatib, 2715 ochko bilan 11-o‘rinni egallagan.

 

Elo reyting tizimi ikki o‘yinchi ishtirok etadigan sport turlarida o‘yinchilarning nisbiy kuchini hisoblash usulidir. U vengriyalik/amerikalik fizika professori Arpad Elo tomonidan ishlab chiqilgan.

 

Shaxmatda Elo reytingi sportchilarning bir-biriga qarshi o‘yinlari natijasiga ko‘ra hisoblanadi. Elo reyting tizimi shaxmatchilarni to‘qqiz toifaga ajratadi: eng yuqori toifa 2600 balldan boshlanadi, eng quyi sinf 1200 va undan pastroq reytingga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Nodirbek Abdusattorov dunyo reytingida to‘rtinchi o‘rinda | Zamon.uz