YECHLda hafta futbolchisi bo‘lishga daʼvogar o‘yinchilar ro‘yxati eʼlon qilindi
Haftaning eng yaxshi futbolchisi UYEFA rasmiy saytida ovoz berish orqali aniqlanadi.

UYEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatini eʼlon qildi. 9 va 10 aprel kunlari 1/4 finalning dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Faxriy unvon uchun Antuan Grizmann (“Atletiko”), Rafinya (“Barselona”), Fil Foden (“Manchester Siti”) va Martin Edegor (“Arsenal”) daʼvogarlik qilmoqda.
Bu haftada “Atletiko” Dortmund “Borussiya”sini (2:1), “Barselona” “PSJ”ni (3:2) mag‘lub etdi, “Manchester Siti” “Real” bilan durang o‘ynadi (3:3), “Arsenal” esa “Bavariya” bilan durang o‘ynadi (2:2).







