Sitsiliyalik erkak 6 oy yalangoyoq yurib, dunyo rekordini o‘rnatdi
U o‘z sayohatini Fransiya janubida boshlangan.

Polyak millatiga mansub Pavel Durakevich oyoq kiyimsiz eng uzoq masofani bosib o‘tgan inson sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
45 yoshli erkak o‘z sayohatini Fransiya janubida, Ispaniya bilan chegara yaqinida boshlagan. U chegara bo‘ylab yurdi va keyin Pireney yarimoroli qirg‘oqlari orqali soat miliga teskari yo‘nalishda sayohat qildi. Uning yurishi Ispaniya janubidagi San-Xose shahrida tugadi.
Har kuni 20-50 km piyoda yurgan Pavel butun sayohatni olti oydan kamroq vaqt ichida yakunladi. Umumiy hisobda u 3400 km masofani piyoda oyoq kiyimsiz bosib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin 2021 yili gollandiyalik Antonius Nutenboom 390 km masofani yalangoyoq holda bosib o‘tib, rekord qo‘ygandi.







