Andijonda taekvondo bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi
Unda 1000 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashadi.

Bugun Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi majmuasida taekvondo WT sport turining kyorugi va pumse yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi “Andijon Open” xalqaro turniri boshlandi.
To‘rt kun davom etadigan musobaqaning kyorugi yo‘nalishidagi bellashuvlarida 18 yoshdan yuqori sportchilar, o‘smirlar hamda kadetlar kuch sinashadi.
Xalqaro turnirda o‘zbekistonlik sportchilardan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Hindistondan taekvondo ustalari o‘z mahoratlarini namoyish etadi.
Musobaqa doirasidagi har kunlik bellashuvlar 8:00 da start oladi.







