Salomatlik

Semizlik: sabab, oqibat va profilaktik choralari

JSST yana bir bor dunyo hamjamiyati eʼtiborini ortiqcha vazn salomatlik uchun zarar ekanligiga qaratdi.

Semizlik: sabab, oqibat va profilaktik choralari

Semirish — murakkab surunkali kasallik bo‘lib, tanada yog‘ to‘qimalarining ortiqcha to‘planishi salomatlikka salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Natijada 2-tur qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortib, tayanch-harakat apparati hamda reproduktiv funksiya uchun salbiy oqibatlar kelib chiqadi.

 

Shuningdek, semirish sababli saratonning ayrim turlari rivojlanish xavfi ortib, bu — hayot sifati, uyqu va harakatchanlikka taʼsir qiladi.

 

Maʼlumot uchun, 2022 yilda dunyo bo‘ylab har sakkiz kishidan biri semirishdan aziyat chekkan. 1990 yildan beri kattalar orasida semirish darajasi ikki baravardan ko‘proqqa, o‘smirlar orasida esa to‘rt barobar oshdi. 2022 yilda 2,5 milliard (bu katta yoshli aholining 43 foizi degani) kattalar, 5 yoshgacha bo‘lgan 37 million bola ortiqcha vaznga ega edi.

 

Ortiqcha vazn va semizlik energiya isteʼmoli (ovqatlanish) va uning sarfi (jismoniy faollik) o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasida kelib chiqadi.

 

Aksariyat hollarda semirish ko‘p omilli kasallik bo‘lib, u ekologik, psixo-ijtimoiy sabablar va irsiy moyillik tufayli yuzaga keladi. Qolaversa, u baʼzi dori-darmonlarni qabul qilish, ayrim xastaliklar mavjudligi, harakatning pasayishi, tibbiy muolajalar, monogen kasallik/genetik sindrom tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanmaslik, jismoniy harakatning cheklanganligi ham semirish ehtimolini oshiradi.

 

 

JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019 yilda meʼyordan yuqori tana vazni indeksi yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, saraton, nevrologik xastaliklar, surunkali respirator va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklaridan dunyoda 5 million o‘lim holatiga olib kelgan.

 

Bolalik va o‘smirlik davridagi ortiqcha vazn sog‘liqqa katta zarar keltiradi: 2-tur diabet va yurak-qon tomir kasalliklari kabi turli yuqumli bo‘lmagan xastaliklar xavfining ortishi va erta rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bolalikdan semirish insonning katta yoshda ham ortiqcha vaznga moyilligini oshiradi.

 

Semirish xavfini kamaytirishga bolaning ona qornidagi davridan ilk yillarigacha profilaktika choralarini ko‘rish orqali erishish mumkin.

 

Masalan:

 

  • homiladorlik davrida vazn yig‘ish normasiga amal qilish;

 

  • bolani 6 oygacha faqat ona suti bilan oziqlantirish va bu jarayonni imkon qadar 2 yosh yoki undan ko‘proqqa cho‘zish;

 

  • farzandni sog‘lom ovqatlanishga, jismoniy faollikka, yaxshi uxlashga odatlantirish;

 

  • televizor oldida o‘tkaziladigan vaqtni cheklash;

 

  • tarkibida shakar bo‘lgan, yuqori kaloriyali mahsulotlar isteʼmolini kamaytirish.
custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"