Sport

Futbolchi Xavining murabbiy Xavidan farqli tomonlari

U “Barselona”da yana qoladigan bo‘ldi.

Futbolchi Xavining murabbiy Xavidan farqli tomonlari

Futbolchi Xavi juda xotirjam edi. Maydonda birorta ham keraksiz harakat qilmagan. Uning har bir harakati kerakli va o‘rinli bo‘lgan. U har doim keyingi soniyada maydonda nima bo‘lishini va undan nima talab qilinishini oldindan bilardi.

 

Murabbiy Xavida aql bilan ishlash yaxshi. Ammo unga xotirjamlik va rejalashtirish yetishmaydi. Yanvar oyida Xavi turli gap-so‘zlardan so‘ng, mavsum oxirida jamoadan ketishini maʼlum qilgandi. Xullas, bu hamma uchun yaxshi bo‘ladi, deyishgandi. Oradan bir necha oy o‘tdi va Xavi klubda qolishini eʼlon qildi.

 

“Barselona” uchun keyingi mavsumda Xavining murabbiy bo‘lishi ijobiy holat. Umuman olganda, «Barsa» Xavi bilan juda omadli edi. Birinchidan, u inqirozning o‘ta og‘ir pallasida keldi. Hamma ham bunga jurʼat eta olmaydi. U muxlislarning so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashiga sazovor bo‘ldi.

 

Xavi qiyin pallada shunchaki «Barsa»ni qabul qilishga qaror qilgani yo‘q. U “Barselona”ni futbolchilik davridagi holatiga qaytarmadi. Ammo, uning qo‘l ostida jamoa chempion bo‘ldi va Superkubokni qo‘lga kiritdi. Uning qo‘l ostida «Barsa» Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqdi. Ammo agar Ronald Arauxo «PSJ»ga qarshi javob o‘yinida qizil kartochka olmaganisa, bundan ham uzoqroqqa borish mumkin edi.

 

Kashfiyotga aylangan Lamin Yamal, yulduz Gavi, tez fursatda bu maqomga ega bo‘lgan Fermin Lopes, Rafinya va Pau Kubarsi bularning barchasi Xavi davrida ajoyib o‘yin namoyish etishmoqda. Ha, Xavi yoshlarni har tomonlama tarbiyalamoqda. Ammo bu faqat uning yutuqlarini oshiradi. Tashqaridan jamoani mustahkamlay olmay, ichkarida resurslar topdi. Va qo‘l ostidagilar bilan u juda munosib natijalarga erishdi.

 

Xavi moslashuvchan ekanligini ko‘rsatdi. U "Barselona DNKsi haqidagi stereotiplarga berilib ketmadi. Xavi atrofdagilarning hammasini xursand qilishga urinmadi. U natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan narsani qildi. Va bularning barchasi “Barselona”da pul yo‘qligi, ichki mojarolar va tashqaridagi ommaviy axborot vositalarining taʼsiri ostida sodir bo‘ldi.

 

Bunday murabbiyning jamoada qolgani «Barsa» uchun yaxshi natija. Klubning hozirgi imkoniyatlaridan kelib chiqib, Xavidan ancha kuchliroq, katta kafolatlar bilan natija beradigan murabbiyni topish juda qiyin bo‘lardi.

 

Biroq, shubhalar endi uning yodida qoladi. Bu har safar “Barselona” muvaffaqiyatsizlikka uchraganda sodir bo‘ladi. Har bir mag‘lubiyatdan so‘ng, har bir omadsiz o‘yindan so‘ng muxlislarda ham, balki, klub rahbarlarida ham bu fikr aylanadi. U allaqachon jiddiy bosim ostida ishlayotgan edi. Endi esa bundan ham ko‘proq bosim bo‘ladi. Xavi esa buni o‘zi uchun tartibga soldi. «Barsa» rahbarlaridan hushyorlikni talab qilish befoyda. Joan Laporta va uning boshqaruv jamoasi uzoq vaqtdan buyon hisob-kitob ularning ishi emasligini ko‘rsatdi. Laporta har doim impulsiv bo‘lib kelgan va hozirgi inqiroz sharoitida u baʼzida ochiqchasiga jiddiy qarorlar qabul qiladi.

 

Xavi hali ham futbolda o‘zining shaxsini bildirib turibdi. U yaxshi murabbiy. Hozirgi “Barselona” uchun bu juda yaxshi. Ammo unga tinchlik yo‘q. U o‘yin paytida asabiy holatga tushadi, hakamlarga baqiradi, o‘yinlardan tez-tez chetlatiladi. U bir muddat qatʼiy tarzda isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi, shundan so‘ng to‘satdan o‘z fikrini o‘zgartirdi. Ko‘rinib turibdiki, murabbiy Xavi uchun ruhiy beqarorlik asosiy muammo.

 

Hozirgi «Barsa»da hech bo‘lmaganda qandaydir barqarorlikni topish qiyinligi aniq. Bu esa, ehtimol, Xavi bilan bog‘liq asosiy intrigadir. U futbolchi sifatida katta shaxsiyatga ega edi. Endi u yana katta shaxsga aylanishi kerak - lekin murabbiy sifatida. Faqat shu yo‘l bilan u muvaffaqiyatga erishadi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Futbolchi Xavining murabbiy Xavidan farqli tomonlari | Zamon.uz