O'zbekiston

Dunyoda eng keng tarqalgan virusga qarshi vaksina o‘ylab topilmoqda

Bu virusni davolashning aniq usullari mavjud emasdi.

Dunyoda eng keng tarqalgan virusga qarshi vaksina o‘ylab topilmoqda

Yer yuzi aholisining deyarli 95 foizi Epshteyn-Barr virusi (EBV)ning tashuvchisi hisoblanadi. Ammo ularning aksariyati o‘zida bu virus borligini umri davomida bilmasligi mumkin. Lekin EBV immunitet tushishi sababli “bosh ko‘targanida” yuqumli mononukleoz, skleroz va saratonning baʼzi turlari, xususan, Berkitt limfomasi rivojlanishining asosiy sababchisi bo‘ladi.

 

EBV gerpesning bir turi (4-toifa odam gerpes virusi) bo‘lib , asosan bolalik yoki o‘smirlik davrida yuqadi. Ko‘pincha kasallikka uchragan odam buni sezmasligi ham mumkin, chunki virus hech qanday alomatlarsiz tananing hujayralarini zararlaydi, so‘ng inson organizmida abadiy qoladi. Virus, birinchi navbatda, infeksiyalarga qarshi kurashish uchun javob beruvchi antitanalarni ishlab chiqarishga masʼul bo‘lgan V-limfotsitlari, yaʼni immun hujayralariga hujum qiladi.

 

 

Baʼzida virus faollashishi mumkin: bu holda o‘tkir yallig‘lanish kasalligi — yuqumli mononukleoz rivojlanadi. Alomatlariga ko‘ra u O‘RVIga o‘xshaydi, lekin uzoqroq (bir necha oy) davom etishi mumkin, baʼzan esa xavfli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

Afsuski bu virusni davolashning aniq usullari mavjud emas. Olimlar yillar davomida unga qarshi vaksina yaratish uchun ko‘p harakat qilishgan, ammo buni uddalay olishmagan.

 

Yaqinda AQSHning Allergiya va yuqumli kasalliklar instituti (NIAID) olimlari tomonidan erishilgan natijalar esa bu borada siljish bo‘lishiga umid borligini anglatadi. Yangi tadqiqot virusning baʼzi zaif tomonlarini aniqladi va maqsadli davolash imkoniyatlarini ochib berdi.

 

Natijalar hozircha hayvonlar bilan cheklangan, ammo ular ancha yaxshi ko‘rsatkichlarga ega. Agar keyingi tadqiqotlar odamlarda xuddi shunday natijalarni ko‘rsatsa, vaksina hali bu virus bilan kasallanmagan insonlar uchun istiqbolli profilaktik chora bo‘lishi mumkin. Bu, shuningdek, kasallik yoki transplantatsiya operatsiyasi tufayli immuniteti zaiflashgan bemorlar uchun foydalidir. Chunki bu odamlar, hatto, o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan bu og‘ir kasallik xavfi ostida bo‘lishi mumkin.

 

Maʼlumot uchun: EBV qanchalik keng tarqalgan va uning oqibatlari qanchalar jiddiy bo‘lishiga qaramay, uni faqat 1963 yilda doktor Entoni Epshteyn va uning o‘sha davrdagi aspiranti Ivona Barr kashf etgan. O‘sha paytda bu haqiqiy yangilik bo‘lgan, chunki ilgari saratonni qo‘zg‘atuvchi bironta virus aniqlanmagandi. Undan so‘ng biz boshqa viruslar, masalan, odam papilloma virusi (OPV) haqida bildik, unga qarshi esa samarali vaksina mavjud. U 2019 yilda yurtimiz profilaktik emlash kalendariga 11-vaksina bo‘lib kiritilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"