Shahzoda Mamadaliyeva Parijdagi o‘yinlarga yo‘llanma oldi
U bugun Vengriyadagi chempionatda 3-o‘rinni egalladi.

Vengriyaning Seged shahrida para kanoe bo‘yicha Jahon chempionati boshlandi.
Bugun ayollar o‘rtasida VL3 klassida finalda ishtirok etgan Shahzoda Mamadaliyeva 00:58.22 soniya natija bilan marraga 3- bo‘lib yetib keldi. Isteʼdodli sportchi ushbu natija orqali Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritish bilan bir qatorda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini ham naqd qildi.







