Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘zbekistonlik para kanoechilar tantanali kutib olindi
Ulardan 4 nafar ishtirokchi yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritgan.

8-12 may kunlari Vengriyaning Seged shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan para kanoe bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari bugun tongda qaytib kelishdi.
Matonatli para atletlar Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, sportchi va murabbiylar, oila aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.
Eslatib o‘tamiz, Vengriyadagi Jahon chempionatida 4 nafar hamyurtimiz - Shahzoda Mamadaliyeva (VL3), Irodaxon Rustamova (VL2), Shaxnoza Mirzayeva (KL3) va Xasan Qo‘ldashev (KL3) Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.







