BMT Rafahda oziq-ovqat tarqatishni to‘xtatdi
Gumanitar tashkilot xodimlari buni vaziyat va xavfsizlik bilan bog‘ladi.

BMT falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida oziq-ovqat tarqatishni to‘xtatdi. Agentlikning X platformasida eʼlon qilingan bayonotiga ko‘ra, taʼminot taqchilligi tufayli oziq-ovqat tarqatish hozirda imkonsiz. Rafahdagi tarqatish punkti va oziq-ovqat ombori esa shaharning sharqiy qismida davom etayotgan Isroil harbiy amaliyoti tufayli yopilgan.
May oyi boshidan buyon Isroil armiyasi xalqaro hamjamiyat ogohlantirishlariga zid ravishda Falastinning Hamas harakati qolgan tuzilmalari aniqlangan Rafahdagi nishonlarga qarata maqsadli quruqlikdagi amaliyotlar va havo hujumlarini amalga oshirmoqda.







