Sport

Muhayyo Abdusattorova Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi

U Shveysariyadagi musobaqada g‘olib bo‘ldi.

Muhayyo Abdusattorova Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi

19-21 may kunlari Shveysariyaning Lyutsern shahrida para akademik eshkak eshish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari uchun litsenzion musobaqa bo‘lib o‘tdi.

 

Ushbu musobaqaning ayollar o‘rtasida M1X klassida 2000 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda startga chiqqan Muhayyo Abdusattorova barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va musobaqaning oltin medali hamda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.

 

Muhayyo Abdusattorova Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi | Zamon.uz