Reshford vaqtincha ijtimoiy tarmoqlarni tark etdi
U ruhiy jihatdan tiklanishini ma'lum qilgan.

"Bir necha haftaga ijtimoiy tarmoqlardan voz kechish vaqti keldi. O‘zim uchun ham, jamoam uchun ham og‘ir mavsumdan so‘ng dam olishni va ruhiy jihatdan tiklanishni rejalashtirdim. Qiyin davrda meni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat. Biz doimo birgamiz, — deb yozdi “Manchester Yunayted” hujumchisi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli forvard Yevro — 2024 musobaqasi uchun Angliya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilmagan.
Yakunlangan Premyer Liganing 33 o‘yinida u 7 gol urdi va 2 golli uzatmani amalga oshirdi.







