Sport

Jarohat tufayli Yevro-2024ni o'tkazib yuboradigan futbolchilar

Ularning aksariyati jamoasining asosiy o'yinchilari hisoblanadi.

Jarohat tufayli Yevro-2024ni o'tkazib yuboradigan futbolchilar

 

14-iyun kuni barcha futbol ishqibozlari intiqlik bilan kutgan Yevro-2024 boshlanadi. Musobaqa Germaniyada bo'lib o'tadi va 14 iyul kuni yakunlanadi (final shu kuni bo'lib o'tadi). 24 ta jamoa allaqachon musobaqa uchun arizalarini e'lon qilgan, biroq boshqa chempionatlar singari Yevropa chempionatida ham bir qator top o'yinchilar qatnashmaydi. Ba'zi futbolchilar Yevro-2024 boshlanishiga bir necha kun qolganida ro'yxatdan tushib qolishdi. Jarohatlar har qanday sportning ajralmas qismidir. Bugun aynan jarohat sabab qaysi futbolchilar musobaqani o'tkazib yuborishi haqidagi ma'lumotlarni taqdim etamiz.

 

Aleksandr Pavlovich

 

Aleksandr Pavlovich turnir boshlanishiga bir necha kun qolganida Germaniya terma jamoasi safidan chiqarildi. Sababi u o'zida noqulaylik his qilgan. Yulian Nagelsman allaqachon 20 yoshli futbolchining o'rniga boshqa o'yinchi olish bo'yicha qabul qilgan. Pavlovichning o'rniga Emre Jan Yevropa chempionati mezbon jamoasiga chaqirilgan.

 

Robert Levandovski

 

Polsha terma jamoasi muxlislari uchun noxush xabar. Jamoa yetakchisi Robert Levandovski Yevro-2024 ning birinchi o'yinini o'tkazib yuboradi. Sababi futbolchi mushaklarining yorilishi sabab birinchi o‘yinda ishtirok eta olmaydi.

 

"Robert ikkinchi o‘yinda maydonga tushishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz”, — degan Polsha terma jamoasi shifokori.

 

Aurelien Tchouameni

 

Fransiyaliklar "Real Madrid" yarim himoyachisi Aurelien Tchouameni holatidan xavotirda . “Real” futbolchisi “Bavariya”ga qarshi CHempionlar ligasi nimchorak final javob o'yinida (1:2) oyog'idan jarohat olgandi. Fransuzlar Yevrodagi ilk o‘yinini 17-iyun kuni o‘tkazadi. Shu kuni ular avstriyaliklar bilan uchrashadilar.

 

Thoen Koepmeiners

 

Gollandiya terma jamoasi navbatdagi yo'qotishga uchradi. De Yong va De Rohdan keyin jamoa Thoen Koepmeinersning xizmatlaridan ham foydalana olmaydi. U Islandiya bilan o‘rtoqlik o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida jarohat olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Kopmeynersning "Yuventus"ga o'tishi haqida har xil xabarlar mavjud.

 

Jorjio Skalvini

 

Italiya terma jamoasi uchun jiddiy yo'qotish. “Atalanta” himoyachisi Jorjio Skalvini mavsumning so‘nggi o‘yinida to‘pig‘idan jarohat oldi. Tabiiyki, u Yevropa chempionatini o'tkazib yuboradi. Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lusiano Spaletti allaqachon yana bir futbolchi - "Yuventus" himoyachisi Federiko Gattini jamoa safiga chaqirgan.

 

Garri Maguayr

 

Maguayr Yevropa chempionati boshlangunga qadar tiklanishga ulgurmayapti. Britaniyalik mutaxassislar allaqachon xavotir bildirishmoqda, chunki Garri terma jamoaga katta foyda keltiradi. Qiziq, Maguayr yana Yevroda o'ynaydimi? Keyingi turnirda u 35 yoshga to'ladi.

 

Serj Gnabri

 

Serj Gnabri Germaniya terma jamoasining yakuniy tarkibiga kirishga umid qilgandi. Biroq, "Real" bilan 1/2 final javob uchrashuvida tizzasidan olgan jarohati uning orzularini barbod qildi.

 

David Alaba

 

Jarohati tufayli Yevroda o'ynamaydigan yana bir futbolchi. Avstriyalik futbolchi 2023-yilning dekabr oyida jarohat olgan, shundan so'ng u biror marta maydonga tushmagan. Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchini Chempionlar ligasi finali uchun qaydnomaga kiritdi, biroq unga imkoniyat berilmadi.

 

Gavi

 

Ispaniyalik iqtidorli Gavi Yevroda ishtirok etmaydi. U 2023-yil oxirida jarohat oldi. O'shandan beri futbolchi tiklanishga ulgurmadi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Jarohat tufayli Yevro-2024ni o'tkazib yuboradigan futbolchilar | Zamon.uz