“Real” asosiy futbolchilaridan biri bilan xayrlashmoqchi
Rahbariyat uni sotib yubormoqchi.

“Real Madrid” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida jamoa himoyachilaridan Ferlan Mendi bilan xayrlashishga tayyor.
Mutasaddilar fransiyalik himoyachi bo‘yicha yaxshi taklif tushsa, uni sotib yuboradigan bo‘lyapti.
Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub rahbariyatidan 29 yoshli futbolchini tarkibda saqlab qolishni so‘ragan. Biroq, klub xo‘jayinlari boshqacha fikrda. Mendi yakunlangan mavsumda Ispaniya chempionatida 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, beshta ogohlantirish oldi.







