Ronaldu Yevropa chempionatida o‘yinlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Maʼlumotlarga ko‘ra, sportchi 11 ta yirik turnirda ishtirok etgan.

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionatlaridagi o‘yinlari soni bo‘yicha yana peshqadamga aylandi.
Leyptsigda o‘tkazilgan chempionatning 1-tur uchrashuvida Ronaldu Chexiyaga qarshi o‘yinda gol ura olmadi, ammo u yana bir rekordni yangiladi. Sportchi 11 ta yirik turnirda ishtirok etgan: Lotar Matteus undan ikki yevro ortda qolmoqda.
Maʼlumot uchun, hozirda Ronaldu 39 yoshda. U ilk bor 2004 yilda Yevropa chempionatida qatnashgan va shundan beri birorta turnirni o‘tkazib yubormagan. Sportchi 2016 yilda chempionlikni qo‘lga kiritgan.







