Eng dolzarb

2050-yilga borib O‘zbekistonda suv tanqisligi 15-25 foizga yetishi mumkin

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari gidrogel va suv tanqis bo‘lgan hududlarda undan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qildi.

2050-yilga borib O‘zbekistonda suv tanqisligi 15-25 foizga yetishi mumkin

So‘nggi yillarda dunyo hamjamiyatini qurg‘oqchilik, suv tanqisligi, tuproq degradatsiyasi va cho‘llanish kabi muammolar tashvishga solmoqda. Iqlim o‘zgarishi oqibatida 2050 yilga borib, Tyan-Shan va Pomir tog‘ tizmalaridagi jami muzliklarning 30-50 foizgacha bo‘lgan qismi erib ketishi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida suvga bo‘lgan talab 50 foizgacha oshishi kutilmoqda. Buning oqibatida O‘zbekistonda suv tanqisligi o‘rtacha 15-25 foizga, cho‘llanish darajasi esa 123 mln kvadrat metrga yetishi mumkin. 

 

Suv taqchilligining ortishi uni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish zarurligini anglatadi. Germaniya, Yaponiya, Xitoy kabi mamlakatlarda o‘simliklarni parvarish qilishda turli xil noanʼanaviy suv tejovchi texnologiyalar joriy etilmoqda. 

 

Misol uchun, Yaponiyada havo haroratiga qarab shaklini o‘zgartiruvchi gidrogel yaratilgan. U egiluvchan bo‘lib, suvni o‘ziga shimib olganda kengayadi va namlikni o‘simlik tomiriga beradi. So‘ngra oldingi holatiga qaytadi va yana namlikni yig‘a boshlaydi. Shu bois u cho‘l-dasht hududlaridagi o‘simliklarni sug‘orishda juda qo‘l keladi. 

 

Xitoyda cho‘l hududidan o‘tuvchi 450 km magistral yo‘l bo‘yida gidrogel yordamida ihotalangan daraxtzor va yashil qoplam barpo etilgan.

 

Gidrogel qishda yomg‘ir, qor suvlarida namlikni yoki yozda sug‘orishdagi suvni o‘ziga shimib, uzoq vaqt saqlaydi hamda o‘simliklar ildiziga nam berib turadi. U o‘z og‘irligidan 400-500 marotaba ko‘p yomg‘ir suvini, 200-400 marotaba ko‘p tuproq namligini yuta oladi. 

 

Bir gektar maydonga 35-50 kg gidrogel sarflanishi hisobiga taxminan 120-140 kub metr suv tejashga erishiladi. Tuvakda o‘stiriladigan o‘simliklar uchun 50-80 foiz, qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun 20-40 foiz suvni tejash imkoniyati yaratiladi. Dala sharoitidagi gidrogel o‘z xususiyatini 2-3 yil davomida yo‘qotmaydi. Eskirgan gidrogel qoldiqlari esa tuproq tarkibini buzmaydi va o‘simliklar tomonidan azotli o‘g‘it sifatida o‘zlashtiriladi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

2050-yilga borib O‘zbekistonda suv tanqisligi 15-25 foizga yetishi mumkin | Zamon.uz