Turkiyadagi "Yangi Aguero" Yevro-2024ga yetib kelgani haqida eshitdingizmi?
Gap 18 yoshli Semih Qilichsoy haqida ketmoqda.

Turkiya terma jamoasi yakunda qanday natija ko‘rsatmasin, Yevro-2024da albatta yodga olinadi. Turklar birinchi turda Gruziya bilan birgalikda Yevropa chempionati guruh bosqichining eng ajoyib o‘yinini o‘tkazishdi va yosh futbolchilari bilan ajralib turishdi. 1-turda “Real” futbolchisi 19 yoshli Arda Guler va “Yuventus” a'zosi Kenan Yildiz asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Bahsda Guler ajoyib gol urdi va u g'alaba goliga aylandi. Ammo Turkiya terma jamoasining tarkibida undan ham yoshroq futbolchi bor. U 18 yoshli Semih Qilichsoy. Bu yigitni allaqachon Serxio Agueroga o'xshatishmoqda. U ayni vaqtda "Beshiktosh" hujumchisi hisoblanadi.
Qizig'i shundaki, turk jamoasidagi eng keksa o'yinchi ham "Beshiktosh" hujumchisi hisoblanadi. Bu 33 yoshli Cenk Tosun, biz uni "Everton"dagi o'yinlari orqali eslaymiz. Ammo Turkiya chempionatining so‘nggi mavsumida u bor-yo‘g‘i 22 ta o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan. Bunga Qilichsoy kabi raqobatchining paydo bo'lishi tufayli sabab bo'lgan.
Semih - "Beshiktosh"ning eng yaxshi to'purari va Superliga mavsumi yakunidagi eng sermahsul futbolchisi. U 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Semih 20 ta o'yinni asosiy tarkibda boshlagan. Bu Qilichsoyning "Beshiktosh"dagi birinchi to'liq mavsumi edi va u 2023-yilning fevral oyida Istanbul jamoasida debyut qilgan.
Semih Turkiyaning yoshlar terma jamoalaridagi o'yini bilan ajralib turdi. U 17 yoshgacha bo'lganlar terma jamoasi safida 13 ta o'yinda 9 ta gol urgan. U-19 terma jamoasi safida esa oltita o'yinda beshta golga mualliflik qilgan. Qilichsoy ko'p qirrali hujumchi. Ikki oyog'i bilan juda ishonchli o'ynaydi. Turkiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Mehmet Eksi “Beshiktosh”ning o'sib borayotgan yulduzini mashhur nemis futbolchisi Gerd Myuller bilan solishtirdi. Selihning o'zi ko'proq Serxio Aguero muxlislik qilishini aytgan.
Qilichsoy allaqachon Turkiyada bir nechta rekordlarni o'rnatdi. Jumladan, u “Beshiktosh” tarixida yevrokuboklarda gol urgan eng yosh futbolchi va turk futboli tarixida qatorasiga to‘rtta o‘yinda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Joriy yilning yanvar oyida Istanbul klubi Semih bilan shartnomani 2028-yilning yoziga qadar uzaytirdi. Bunday yutuqlardan so'ng Qilichsoyning Turkiyaning birinchi terma jamoasidagi debyuti ko'pchilikni qiziqtirayotgan edi. Bosh murabbiy Vinchentso Montella hujumchini mart oyida Vengriya va Avstriya bilan o'rtoqlik o'yinlari oldidan tarkibga kiritgandi, biroq to'satdan Semihni yoshlar jamoasiga yuboradi. Buning ortidan italiyalik mutaxassis tanqidlarga uchradi.
Agar Montellaning o'sha qarori bo'lmaganida, Qilichsoy yoshlar jamoasi safida ikkita o'yin o'tkazib, ikkita gol urmagan bo'lardi. Iyun oyida esa Vinchenso “Beshiktosh” hujumchisini Yevro-2024 uchun so‘nggi arizasiga kiritdi va unga terma jamoadagi debyutini o‘tkazishga ruxsat berdi. Semih Italiya bilan bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinida zaxiradan maydonga tushdi va Polsha bilan navbatdagi uchrashuvda asosiy tarkibdan joy oldi. Biroq, u hali milliy terma jamoada gol urgani yo'q. Balki, bu Yevropa chempionatida sodir bo'lar.







