Salomatlik

Jigar uchun foydali bo‘lgan 10 ta mahsulot

Ular jigar faoliyatini yaxshilab, detoksikatsiya qobiliyatini oshiradi.

Jigar uchun foydali bo‘lgan 10 ta mahsulot

Jigar – inson organizmidagi eng muhim organlardan biri. U qonni zararli moddalardan tozalab, tanada vitamin va minerallarni saqlaydi. Shuningdek, yallig‘lanishni nazorat qilib, energiya ishlab chiqaradi.

 

Quyida jigar uchun eng foydali bo‘lgan 10 ta mahsulot haqida maʼlumot beramiz.

 

1. Qovoq. Bu mahsulot beta-karotinning boy manbai hisoblanib, ushbu modda jigarni himoya qilishga yordam beradigan kuchli antioksidant hisoblanadi. Undagi S, E, kaliy, magniy va temir kabi muhim vitamin va minerallar jigar faoliyatini yaxshilaydi va uning himoya mexanizmlarini mustahkamlaydi.

 

Qovoqda ko‘p miqdorda suv va tola bo‘lib, ular jigarni tozalashga yordam beradi va zararli moddalarni organizmdan chiqarib tashlashni tezlashtiradi. Shu bilan birga, yog‘ miqdori kam va past kaloriyali bu mahsulot jigarga ortiqcha yuk tushishining oldini oladi.

 

2. Turshak. U jigar faoliyatini yaxshilab, detoksikatsiya qobiliyatini oshiradi. Turshak tarkibidagi silimarin moddasi ushbu organni mustahkam himoyalaydi.

 

3. Sut mahsulotlari. Yogurt, qatiq va boshqa sut mahsulotlari probiotiklarga boy. Ular ichak mikroflorasini muvozanatlashtirishga yordam beradi. Hazm tizimi yaxshi ishlasa, jigarga tushadigan yuk kamayadi. Natijada organizm toksinlarni tez va samarali chiqarib tashlaydi.

 

4. Brokkoli. Jigar uchun foydali bo‘lgan ushbu sabzavot antioksidantlarga boy. Undagi sulforafan moddasi jigarni zararli moddalardan himoyalab, yallig‘lanish jarayonlarini sekinlashtiradi.

 

Qolaversa, brokkoli diindolilmetan va glyukorafanin kabi tabiiy birikmalar bilan jigar holatini yaxshilaydi. Bu moddalar saratonga qarshi xususiyatlar bilan bog‘liq va tabiiy detoksikatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi.

 

5. Zaytun yog‘i. U antioksidantlarga boy va jigarni erkin radikallardan asraydi. Undagi olein kislotasi yallig‘lanishni kamaytirib, jigar hujayralarini himoya qiladi. Shuningdek, zaytun yog‘i organizmdagi “yomon” xolesterinni kamaytirib, “yaxshi” xolesterinni oshiradi.

 

6. Yog‘li baliqlar. Ushbu mahsulot omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, jigardagi yallig‘lanishni kamaytiradi. Undagi D, V12 vitaminlari, selen va yod moddasi organ faoliyatini yaxshilaydi. Qolaversa, yog‘li baliqlar sifatli protein manbai hisoblanadi. Protein esa jigar hujayralarining tiklanishi va yangilanishida muhim hisoblanadi.

 

7. Qizil lavlagi. Uning tarkibidagi betanin moddasi jigar faoliyatini yaxshilab, detoksikatsiya qobiliyatini oshiradi.

 

8. Yong‘oqlar. Bodom va yong‘oq omega-3 yog‘ kislotalari va E vitaminiga boy. Ular jigarni zararli moddalardan himoya qilib, yallig‘lanishni kamaytiradi.

 

9. Sarimsoq piyoz. Ushbu mahsulot jigarni detoksikatsiya qilishga yordam beradi. Oxirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, u semirishning oldini oladi va tana vaznini kamaytirishga yordam beradi.

 

10. Suli yormasi. Yuqori darajada tolalarga boy bo‘lgan ushbu mahsulot hazm qilish tizimini yaxshilab, toksinlarni organizmdan chiqarishga yordam beradi. Bu esa jigarga tushadigan yukni kamaytirib, uning faoliyatini yaxshilaydi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"