O‘zbekistonda havo harorati yana-da isishi kutilmoqda
Sinoptiklar yangi haftada kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati +32…+37 daraja, shimolda, janubda +40 darajagacha bo‘ladi.
Tekislik hududlarning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ertadan boshlab havo harorati yana ko‘tarila boshlaydi va ish haftasining oxirigacha kechalari +20…+25 daraja, baʼzi joylarda +27 darajagacha, kunduz kunlari +35…+40 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +42…+43 darajagacha bo‘ladi. Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 va 27-28 iyun kunlari baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chag-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 24 iyunda kunduz kuni baʼzi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtda bugun kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +34…+36 darajagacha bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
25-28 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +20…+25 darajagacha, kunduzi 25 iyunda +35…+37 darajagacha, 26-28 iyunda +37…+40 darajagacha bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 28 iyunda baʼzi joylarda 12-14 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.







