Sport

Shahram G‘iyosov WBO reytingi peshqadamiga aylandi

Bahodir Jalolov o‘z o‘rnida, Hasanboy Do‘stmatov esa pastladi.

Shahram G‘iyosov WBO reytingi peshqadamiga aylandi

 

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) iyun oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi. Unga ko‘ra, Hasanboy Do‘stmatov bir pog‘ona pastlab, 8-o‘ringa joylashdi. Olimjon Nazarov ham pastlab 5-o‘ringa pastladi. Murodjon Ahmadaliyev (5) hamda Muhammad Shexov (6) o‘z o‘rinlarida qoldi.

 

Yarim o‘rta vazn toifasida jang qiluvchi Shahram G‘iyosov bir pog‘ona yuqorilab vazn peshqadamiga aylandi. Bektemir Meliqo‘ziyev hamda Bahodir Jalolovlar ham o‘tgan oygi pog‘onalarini saqlab qoldi.

 

Reytingdan 7 nafar o‘zbek bokschisi joy olgan:

 

  • Hasanboy Do‘stmatov (birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): o‘tgan oydagidan bir pog‘ona pastlab, 8-o‘ringa joylashdi;

  • Olimjon Nazarov (o‘ta yengil vazn toifasi — 50,8 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona pastlab 5-o‘rinni egalladi;

  • Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi — 55,3 kg) o‘tgan oydagi kabi 5-o‘rinni egalladi;

  • Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn toifasi — 55,3 kg) o‘tgan oydagi singari 6-o‘rinni egalladi;

  • Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn toifasi — 66,6 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab vazn peshqadamiga aylandi;

  • Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn — 76,2 kg) o‘tgan oydagi singari 9-o‘rinni egalladi;

  • Bahodir Jalolov (super og‘ir vazn — 90,7 kg) o‘tgan oydagidek 15-o‘rinda qoldi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Shahram G‘iyosov WBO reytingi peshqadamiga aylandi | Zamon.uz