2026-yilgi Jahon Chempionati 3-saralash bosqichiga qur’a tashlandi
O‘zbekiston A guruhidan joy oldi.

Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida 27-iyun, payshanba kuni 2026-yilgi Jahon Chempionati 3-saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra O‘zbekiston A guruhidan joy oldi. Qatar, BAA, Qirg‘iziston, Eron va Shimoliy Koreya ham ushbu guruhdan joy oldi.
Guruhlar quyidagicha ko‘rinish oldi:
A guruhi
-
Eron
-
Qatar
-
O‘zbekiston
-
BAA
-
Qirg‘iziston
-
Shimoliy Koreya
B guruhi
-
Janubiy Koreya
-
Iroq
-
Iordaniya
-
Ummon
-
Falastin
-
Kuvayt
C guruhi
-
Yaponiya
-
Avstraliya
-
Saudiya Arabistoni
-
Bahrayn
-
Xitoy
-
Indoneziya.







