O'zbekiston

Xorazmda 2 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Hozirda bu bo‘yicha tergov o‘tkazilmoqda.

Xorazmda 2 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Urganch tumanida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari B.R. xo‘jalikning yer maydonlarini sug‘orish uchun suv nasoslarini tarmoqqa elektr hisoblagichdan tashqari yashirincha ulab, jami 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

 

Shuningdek, Buxoro viloyatida “U.B.” fermer xo‘jaligi rahbari U.R. xo‘jalik suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari yashirincha ulab, 223,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

custom img

95 kg gashish aniqlandi: uch nafar shaxs ushlandi

Gashish Qibray tumanidagi dala maydonida daraxtlar orasiga yashirilgan qoplarda bo‘lgan.

custom img

Maktablarda o‘quvchilarning sumkalari tekshirilmoqda: elektron sigaretalar topildi

O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlangan bo'lib, ularni saqlaganlik uchun qonunchilikda jarima belgilangan

custom img

“Kulliyoti Navoiy” O‘zbekistonda: nodir merosning faksimile nashri Islom sivilizatsiyasi markaziga taqdim etildi

Kulliyot tarkibida Alisher Navoiyning 26 ta asari jamlangan bo‘lib, uning asl nusxasi Istanbul shahridagi Topqopi saroyi kutubxonasida saqlanadi.

custom img

Ustoz qadrini eslatgan “Dars”: kinoteatrlarda qo‘ng‘iroq chalindi, endi navbat tomoshabinlarga!

Film markazida ustoz va tarbiyaning inson hayotidagi o‘rni turadi.

custom img

Turizm, aviatsiya va investitsiyalar: O‘zbekiston Turkiya bilan hamkorlikni kengaytiradi

Turkiya investorlari ishtirokida mehmonxona majmualarini barpo etish, turk mehmonxona brendlarini jalb qilish va aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ish joyidagi baxtsiz hodisalar: qaysi holatlar tekshiriladi?

Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar haqida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi tasdiqlandi.

custom img

Elektr ta’minotidagi uzilishlar vaqtida bartaraf etilmasa, kompensatsiya to‘lanadi

Tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlarni elektrlashtirish choralari jadallashtiriladi.

custom img

600 mln so‘mlik kredit evaziga 12 ming dollar: prokuror yordamchisi ushlandi

Mansabdor shaxs fuqaroning avtomobil oldi-sotdisi masalasini hal qilish va imtiyozli kredit olishiga ko‘maklashish evaziga pul talab qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"