Sport

Ronaldu saratonga chalingan bolakay bilan uchrashdi

Futbolchi ayni paytda Yevropa chempionatida ishtirok etmoqda.

Ronaldu saratonga chalingan bolakay bilan uchrashdi

 

Germaniyada davom etayotgan Yevropa chempionatining asosiy qahramonlaridan biri Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Portugaliya terma jamoasi bilan bosh sovrin uchun kurashayotgan 39 yoshli yulduz futboldan tashqaridagi faolligini ham davom ettirmoqda.

 

Ronaldu Sloveniyaga qarshi o‘tkazilgan pley-off uchrashuvidan keyin stadionga kelgan Avar bilan uchrashdi. Bu bolakay bedavo dard – saratonga chalingan va hayot uchun kurashmoqda.

 

Krishtianu uchrashuvga kelgan bolakay bilan suratga tushdi, unga imzosi tushirilgan futbolka, to‘p va kepka sovg‘a qildi. Portugaliyalik yulduzning bu e’tibori muxlislar tomonidan iliq qabul qilindi.

Ronaldu saratonga chalingan bolakay bilan uchrashdi | Zamon.uz