Yevro-2024: Erdo‘g‘an Turkiya — Niderlandiya o‘yiniga tashrif buyuradi
Bellashuv 6 iyul kuni Berlinda bo‘lib o‘tadi.

Turkiya prezidenti milliy jamoaning Yevro-2024dagi navbatdagi o‘yiniga tashrif buyuradi.
Jamoa Yevropa chempionati chorakfinalida Niderlandiya bilan to‘qnashadi. Bellashuv 6 iyul kuni Berlinda bo‘lib o‘tadi.
O‘yinga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an keladi. Shu sababdan u turkiy davlatlar tashkilotining Ozarbayjonda o‘tadigan norasmiy sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi.







